RUQIYA BEGIM

RUQIYA BEGIM

RUQIYA BEGIM (15-a.) — temuriy malikalardan. Shohruxning oʻgʻli Ibroxim Mirzoning xotini. Ularning nikohidan 3 oʻgʻil farzand: Sulton Abu Isʼhoq Mirzo (1419—27), Ismoil Mirzo (1423 — 32), Abdullo Mirzo (1433—51) dunyoga kelgan. Ruqiya begim Eri vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan Abdullo Mirzo yosh boʻlgani tufayli otabek Shamsuddin Sheroziy bilan birga davlatni idora etgan.

Ensiklopediya.uz
RUQIYA BEGIM