RUMIY
RUMIY Jaloliddin (1207, Balx — 1273, Koʻnya) — shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi boʻlgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199—1220) saroyga taklif etgan. Pekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiyijodiy ish b-n mashgʻul boʻlgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx sh. ni tark etgan. Rumiy Makka yoʻlida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220-y. Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning daʼvati bilan Koʻnya (Kichik Osiyo) ga kelgan. R. Halab, Damashq va Bagʻdod madrasalarida oʻqigan, mudarrislik qilgan.
Ensiklopediya.uz
RUMIY