RUMELIYA
RUMELIYA (turkcha Rumeli) — 14— 15-a. larda Usmonli turk imperiyasi tomonidan Bolqon ya. o. dagi bosib olingan yerlarning umumiy nomi. 16-a. oxiridan 19-a. gacha markazi Sofiya boʻlgan turk viloyati (Bolgariya, Serbiya, Gersegovina, Albaniya, Makedoniya, Epir va Fessaliyani ham oʻz tarkibiga olgan). Turkiyaning, Istanbuldan tashqari, Yevropa qismining hoz. nomi.
Ensiklopediya.uz
RUMELIYA