RUL
RUL (gollandcha — goyeg) — kema, uchish apparati va relssiz gʻildirakli mashinalarni boshqarish qurilmasi: 1) kema ruli — vertikal oʻq atrofida aylanadigan suyri plastina. Kemani kursda ushlab turish va suzib ketayotgan paytda burish uchun xizmat qiladi. Kemaning kuyrugʻiga (baʼzan, old qismiga) oʻrnatiladi. Suv osti kemalarida bunday vertikal Ruldan tashqari kemaning tumshugʻi va quyrugʻida gorizontal Rullar ham boʻladi;
Ensiklopediya.uz
RUL