RUJICHKA

RUJICHKA

RUJICHKA (Ruzicka) Leopold (Lavoslav) Stefan (1887.13.9 — Vukovar, Yugoslaviya — 1976.26.9) — shveysariyalik organikkimyogar. 1912—25 va 1929— 57 y. larda Syurixdagi Oliy texnika maktabida ishlagan. Utrext un-ti (Gollandiya) prof. (1929). Asosiy ilmiy ishlari alitsiklik (polimetilen), xususan, terpenoid birikmalarning tuzilishi va biosintezini oʻrganishga oid. Halqasida 8 tadan 34 tagacha uglerod atomlari tutgan alitsiklik ketonlarni sintez qilgan (1920—34). Santonin (1930) va abiyetin kislotaning (1932) tuzilishini aniqlagan. Ilk bor xolesterin asosida androsteron (1934) va testosteron (1935, A. F.

Ensiklopediya.uz
RUJICHKA