Rufus – yuklovchi flesh-disk yaratish vositasi

Rufus – yuklovchi flesh-disk yaratish vositasi

Rufus – yuklovchi flesh-disk yaratish vositasi

Operasion tizimini CD/DVD-diskdan kompyuterga o’rnatish allaqachon o’tmishda qolib ketgan. Zamonaviy kompyuterlarga DVD-ROM ko’pincha o’rnatilmaydi va bugungi kunda operasion tizimni o’rnatish asosan flesh-diskdan tez va qulay amalga oshiriladi. Ammo, o’rnatish uchun fayllarning flesh-diskka odatiy ko’chirish yetarli bo’lmaydi. Kompyuter flesh-diskdan yuklanishi uchun flesh-diskni maxsus dastur yordamida tayyorlab qo’yish lozim. Yuklovchi flesh-disk yaratish jarayonini
Rufus dasturi misolida ko’rib chiqaylik. Rufus bu erkin dasturiy ta’minot (GNU GPL v3), ya’ni uning manba kodlari ochiq, u bepul, uni soni cheklanmagan kompyuterlarga o’rnatish mumkin. Rufus juda oson va qulay dastur, u tez va bexato o’z ishini bajaradi. Rufus yordamida har xil operasion tizimlar bilan yuklovchi flesh-disk yaratish mumkin: Linux (har xil distributivlar), Windows (har xil versiyalar) va boshqalar. Rufus dasturini rasmiy saytdan yuklab olib ishga tushiraylik.

/uploads/image/rufus01.png

Rufus interfeysi uch bo’limdan iborat: Disk xususiyatlari (Свойства диска), Formatlash parametrlari (Параметры форматирования) va Holat (Статус). Odatda flesh-diskni (Устройство) va disk obrazini (ВЫБРАТЬ tugmasi) tanlash kifoya. Rufus tomonidan ISO, IMG, VHD va boshqa disk obrazi formatlari qo’llanadi. Qolgan parametrlarni zaruriyatsiz o’zgartimagani ma’qul. Disk obrazini tanlagandan so’ng
Syslinux yangi versiyasini yuklab olish lozimligi haqida ogohlantirish ko’rsatilishi mumkin. Ha (Да) tugmasini bosgandan keyin dasturning o’zi tez va bildirmasdan zarur bo’lgan fayllarni yuklab oladi, albatta kompyuter internetga ulangan bo’lishi kerak.

/uploads/image/rufus02.png

Agar tanlangan disk obrazi gibrid obraz ekanligi aniqlansa, yozish variantini tanlash imkoniyatini beruvchi oyna ko’rsatiladi: ISO yoki DD. ISO varianti odatda ishlaydi, ishlamaganda esa DD variantini yozishga o’rinib ko’rish kerak.

/uploads/image/rufus03.png

Boshlash (СТАРТ) tugmasini bosgandan so’ng flesh-diskdagi barcha ma’lumotlar yo’qotilishi haqida ogohlantirish ko’rsatiladi. Flesh-diskda kerak bo’lgan ma’lumotlar yo’qligini ishonch hosil qilib OK tugmasini bosish kerak.

/uploads/image/rufus04.png

Yuklovchi flesh-disk yaratish jarayoni boshlanadi.

/uploads/image/rufus05.png

Yozish muvaffaqiyatli o’tganda, Rufus holatida Tayyor (Готов) yozuvi paydo bo’ladi.

/uploads/image/rufus06.png

Endi operasion tizimni kompyuterga o’rnatish uchun flesh-diskdan foydalanish mumkin.

Manba:

Operatsion Tizim
Rufus – yuklovchi flesh-disk yaratish vositasi