RUDALI TOGʻLAR

RUDALI TOGʻLAR

RUDALI TOGʻLAR, Krushne-Gori — Yevropadagi togʻlar, Chexiya togʻ massivining shim. gʻarbiy chekkasi. Uz. 150 km. Eng baland joyi 1244 m. Gneys, granit, fillit, slyudali slanes jinslaridan tuzilgan. 800—900 m gacha balandlikdagi yon bagʻirlari aralash oʻrmonlar, qiya, toʻlqinsimon togʻ tepalari oʻtloklar b-n qoplangan. Volfram, vismut, rux va b. metall rudalari topilgan (nomi ham shundan). Issiq buloqlar bor. Qishki sport musobaqalari oʻtkaziladi. Iqlimiy va balneologik kurortlar kup.

Ensiklopediya.uz
RUDALI TOGʻLAR