RUDAKIY

RUDAKIY

RUDAKIY Abu Abdullo Jaʼfar (858, hoz. Tojikiston Respublikam Panjakent tumani Panjrudak qishlogʻi — 941) — forstojik shoiri. Forstojik sheʼriyati asoschilaridan biri. Yoshligidan sheʼriyat va musiqaga ixlos qoʻygan, adabiyotni, arab tilini oʻrgangan. Zamonasining mashhur cholguchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa boʻyicha taʼlim olgan; barbat, chang, ud, rud kabi cholgʻu asboblarini chalishni oʻrgangan. Rudakiyning sheʼriyat va musiqadagi mahoratini eshitgan Buxoro hokimi Nasr ibn Ahmad Somoniy uni saroyga taklif etgan. R. Buxoroda vazir Abul Fazl Balʼamiy homiyligida ijod qilib, sanʼatda katta obroʻ qozongan. Rudakiy 40 yil saroyda shoirlarga boshchilik qilgan. Uning tugʻma koʻr boʻlganligi haqida naqllar bor. Aslida saroydagi igvo va fitnalar tufayli dushmanlari Rudakiyning koʻzlariga mil tortib koʻr qilgan, mol-mulkini talab, oʻzini Buxorodan badargʻa qilishga erishganlar. Qarigan chogʻida Rudakiy uz qishlogʻiga qaytib, faqirlikda umr kechirgan.

Ensiklopediya.uz
RUDAKIY