ROYAL

ROYAL

ROYAL (frans. royal — qirol) — torli urma klavishli musiqa cholgʻu asbobi, fortepiano turi. Royal torlari, deka (rezonans taxtasi) va mexanikasi gorizontal joylashgan, torlarining uzunqisqaligiga koʻra, moslangan kanotsimon korpusi 3 ta oyoqqa oʻrnatilgan. Kattakichikligiga koʻra, minʼon (uz. 1,5 m gacha), kabinet (1,6—1,8 m), salon (2 m atrofida) va konsert (3 m gacha) turlari bor. Diapazoni 7 yoki 7ʻ/4 (salon va konsert Royal larda) oktava. Diapazon va dinamik imkoniyatlar kengligi, tovushlar tembri rang-barangligi, garmoniya va polifoniya vositalarining boyligi tufayli Royal Yevropa musiqa madaniyatida mukammal musiqa cholgʻu asbobi sifatida asosiy oʻrin tutadi (18-a. oxiridan). Royal ishlab chiqaradigan eng mashhur firmalar: «Blyutner», «Bexshteyn», «Avgust Fyorster» (Germaniya), «Pleyel» (Fransiya), «Stenvey» (AQSH), «Petrov» (Chexiya) va b. Oʻzbekistonda Royal 19-a. ning 2-yarmidan paydo boʻlgan. Oʻsha davr mahalliy ziyolilari (Furqat va b.) R. ning boy ijro va ifoda imkoniyatlarini olqishlagan.

Ensiklopediya.uz
ROYAL