router, switch, hub?
router, switch, hub?
DO`STLARGA ULASHING:
router, switch, hub? shu qurilmalar haqida malumotlar bering! raxmat
Xab – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo’lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo’yicha yetti pag’onaga bo’ladigan bo’lsak, xab birinchi pag’onaga to’g’ri keladi.
Xabni ishlash prinstipini ko’rib chiqamiz. Xab 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o’zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda xabga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatildi. Bunda shu portda signallarni yo’qotilishi sodir bo’ladi. Chunki xab yarimdupleks rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Xab asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo’llaniladi. Xab shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to’liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalni nusxasini olib yuborish xab ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko’payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo’qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari xabning FIK kamayib boradi.
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag’onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan switch – bu kommutator, bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog’lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo’lib, to’liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo’yicha signalni jo’natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAС adresini o’zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo’lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo’lmasa 10 – portni 20 – portga translyastiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo’llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Marshrutizator yoki router – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bog’lab beruvchi qurilmadir. Marshrutizator dastur va qurilma ko’rinishida bo’ladi.Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud bo’ladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LANport hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATMva boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi.Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko’rinishda bo’ladi: dinamikmarshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o’ziga ulangan barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo’natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida quradi. Ammo bu routerni ko’proq ishlashiga sabab bo’ladi(yuklama ko’payadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb bo’lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan yozib qo’yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo’yicha harakat qiladi.
Manba:http://items.itportal.uz/network/hub-vs-switch/,
http://items.itportal.uz/hardware/marshrutizator-router-haqida-boshlangich-malumotlar
hub?, router, switch