ROTA
ROTA (polyakcha rota, nem. Rotte — tuda, otryaddan) — koʻpgina davlatlar qurolli kuchlaridagi motooʻqchi (motopiyoda askarlar, piyoda askarlar), tank, muhandislik qoʻshinlari va b. dagi taktik boʻlinma. Dastlab 15-a. oxiri — 16-a. boshida Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yollanma armiyalarida tuzilgan. Hoz. zamonda Rota bir necha vzvoddan iborat boʻlib, batalyon (polk) tarkibiga kiradi, mustaqil xam boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida Rota guruh deb nomlanadi.
Ensiklopediya.uz
ROTA