ROSTOV
ROSTOV, Rostov-Yaroslavskiy (12— 17-a. larda — Buyuk Rostov) — RF Yaroslavl viloyatidat tarixiy shahar. Nero koʻlining shim. gʻarbiy sohilida joylashgan. T. y. stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 36,4 ming kishi (1998). Agregat zdi, zigʻir tola fkasi, oziq-ovqat korxonalari, «Rostovskaya finift» emal miniatyura rassomligi fkasi bor. R. birinchi marta 862-y. gi yilnomada tilga olingan, 10-a. da RostovSuzdal, 1207 — 1474-y. larda Rostov knyazliklari markazi. 1474-y. da uzilkesil Moskva davlati tarkibiga kirdi. 17-a. da Rostovda (19-a. ning 1-yarmida Nijniy Novgorod va Irbit yarmarkalaridan keyin 3oʻrinda turgan) Rostov yarmarkasi vujudga keldi.
Ensiklopediya.uz
ROSTOV