ROSSIYADA FUQAROLAR URUSHI
ROSSIYADA FUQAROLAR URUSHI — Oktyabr toʻntarishi natijasida Rossiyada hokimiyatni qoʻlga kiritgan bolsheviklar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlar oʻrtasidagi urush (1918—1922). Bu urush Rossiyaga bostirib kirgan 14 ta davlatning intervensiyasi bilan oʻzaro qoʻshilib ketgan. Rossiya Birinchi jahon urushidan chiqqandan keyin Germaniya va AvstriyaVengriya qoʻshinlari unga karashli Ukraina, Belorussiya, Boltiqboʻyi va Jan. Rossiyani bosib olishgan (1918-y. fev.). Brest sulhi (1918-y. mart) imzolangandan keyin bu hududlarning katta qismi Germaniya ixtiyoriga oʻtgan. 1918-y. martda Angliya—AQSH — Italiya — Kanada qoʻshinlari Murmanskka tushirildi; apr. da yaponlar Vladivostokni egallashdi; may oyida AvstriyaVengriya armiyasining asir olingan 40 ming kishilik chexoslovak korpusi askarlari isyon koʻtardi. Bularning hammasi yangi hokimiyat uchun jiddiy xavf tugʻdirgan.
Ensiklopediya.uz
ROSSIYADA FUQAROLAR URUSHI