ROSSIYA MILLIY KUTUBXONASI

ROSSIYA MILLIY KUTUBXONASI

ROSSIYA MILLIY KUTUBXONASI, M. Ye. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasi — RFning eng qad. universal kutubxonasi; jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. SanktPeterburg sh. da 1795-y. da Imperator ommaviy kutubxonasi va kitob xazinasi sifatida asos solingan. 1814-y. 2(14) yanv. da omma uchun ochilgan. 1917-y. dan Rossiya kutubxonasi, 1925-y. dan ommaviy kutubxona, 1992-y. dan hoz. nomida. 1932-y. da M. Ye. SaltikovShchedrin nomi berilgan. 1811-y. dan mamlakat nashrining majburiy nusxasini oladi (shu tufayli 19-a. rus kitobi va davriy nashriningtoʻliqtoʻplamiga ega). 1914-y. fondida 2 mln. dan ziyod nashriy asarlar boʻlgan. 1998-y. da 32 mln. ga yaqin kitob birligiga yetgan. Nodir nashrlar fondida Volterning shaxsiy kutubxonasi (7 mingdan ziyod), Behzod ijodiga mansub miniatyuralar, qoʻlyozmalar (300 mingdan ziyod; jumladan, Oʻrta Osiyoda yaratilgan koʻplab qoʻlyozmalar) saqlanadi, ular orasida toshplita, daraxt poʻstlogʻi, papirus, pergament, ipak va bdagi yozma yodgorliklar mashhur.

Ensiklopediya.uz
ROSSIYA MILLIY KUTUBXONASI