ROSSIYA IMPERIYASI

ROSSIYA IMPERIYASI

ROSSIYA IMPERIYASIRossiya davlati asosida shakllangan davlat. 1721-y. Pyotr I tomonidan imperiya deb eʼlon qilingan. Rossiya imperiyasi tarkibiga Boltik, boʻyi, Ung qirgʻoq Ukraina, Belorussiya, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Shim. Kavkaz (19-a. dan), shuningdek, Finlyandiya, Zakavkazye, Qozogʻiston, Urta Osiyo va Pomir kirgan. 19-a. oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hududi 22,4 mln. km2 ga yetgan. 1897-y. gi aholi roʻyxatiga koʻra, imperiyada 128,2 mln. kishi, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismida 93,4 mln., Polsha podshox/ shgida 9,5 mln., Finlyandiya Buyuk knyazligida 2,6 mln., Kavkaz oʻlkasida 9,3 mln., Sibirda 5,8 mln., Urta Osiyoda 7,7 mln. kishi yashagan. 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57% ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. Rossiya imperiyasi hududi 1914-y. 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar boʻlgan. Guberniya va oblastlarning bir qismi generalgubernatorliklarga (Varshava, Irkutsk, Kiyev, Moskva, Amurboʻyi, Dasht, Turkiston va Finlyandiya) birlashtirilgan. Buxoro xonligi va Xiva xonligi R. i. ning rasmiy vassallari boʻlgan. 1914-y. Uryanxay oʻlkasi Rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi) ga oʻtgan. Rossiya imperiyasi merosiy monarxiya boʻlib, uni mutlaq hokimiyatga ega imperator boshqargan. Uning oila aʼzolari va qarindoshurugʻlari imperator xonadonini tashkil etgan. Hukmron cherkov pravoslaviye boʻlib, uni imperator Sinod orqali idora etgan. Barcha aholi Rossiya imperiyasi fuqarrlari hisoblangan, erkak aholi (20 yoshgacha) imperatorga sadoqati haqida qasamyod ettirilgan. Rossiya imperiyasi fuqarolari 4 tabaqaga ajratilgan: dvoryanlar, ruhoniylar, shahar va qishloq aholisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Sibir va b. mintaqalarning mahalliy aholisi alohida tabaqaga — «gʻayrirus» aholiga ajratilgan. Rossiya imperiyasining gerbi — ikki boshli burgut, davlat madhiyasi — «Boje, sarya xrani» («Podshoni oʻzing asra, xudoyim»). Umumdavlat tili — rus tili. 1917-y. dagi Fevral inqilobi monarxiyani agʻdargan: 1917-y. 1(14) sent. da Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan.

Ensiklopediya.uz
ROSSIYA IMPERIYASI