ROSS ShELF MUZLIGI

ROSS ShELF MUZLIGI

ROSS ShELF MUZLIGI — Gʻarbiy Antarktida™ eng katta shelf muzligi, Meri Berd Yeri bilan Viktoriya Yeri oraligʻida. Jan. dan shimolga 850 km, sharkdan gʻarbga 900 km masofaga choʻzilgan. Mayd. 500 ming km2 dan ortiq (yillar davomida oʻzgarib turadi). Dengiz sathidan bal. 30—100 m, muzning kalinligi oʻrta qismida 700 m gacha. Ross shelf muzligiga Birdmor, Berd va b. vodiy muzliklari kelib tutashadi. Shim. da Ross dengiziga tiktushgan. 1841-y. daJ. K. Ross boshliq ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kashf kdlingan.

Ensiklopediya.uz
ROSS ShELF MUZLIGI