ROMANTIZM

ROMANTIZM

ROMANTIZM (frans. romantisme) — 18-a. ning 1-yarmi — 19-a. da Yevropa, shuningdek, Amerika adabiyeti va sanʼatida paydo boʻlgan hamda jahon boʻylab keng tarqalgan oqim. R. ispancha romans soʻzidan olingan boʻlib, bu suz dastlab lirik va qahramonlik mazmunidagi qoʻshiqni, keyinchalik esa ritsarlar haqidagi katta epik asarlarni anglatgan. «Romantik» sifatdoshi 17-a. da roman tillarida yozilgan avantyura va qahramonlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlarga nisbatan qoʻllana boshlagan. Ingliz yozuvchilari va adabiyotshunoslari 18-a. da Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrlari adabiyeti haqida bahs borganda shu suzdan foydalanganlar. Angliyaga Romantizmning kirib kelishi arafasida (18-a. ning 2-yarmi) sheʼriyatning muhim unsuri hisoblangan barcha gʻayrioddiy, sirli, gʻaroyib va fantastik narsalar (tuygʻular, holatlar, sarguzashtlar) romantik soʻzi orqali ifodalana boshlagan. 18-a. oxirida Germaniyada, 19-a. boshlarida esa Fransiyada, shuningdek, Italiya, Polsha, Rossiya kabi mamlakatlarda Romantizm klassitsizmdan farqlanuvchi adabiy oqimning nomi sifatida isteʼmolga kirgan.

Ensiklopediya.uz
ROMANTIZM