ROMAN TILLARI
ROMAN TILLARI — hindevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va til qurilishidagi koʻplab umumiy unsurlar b-n oʻzaro bogʻlanadi. «Roman» termini (lot. romanus — «Rimga tegishli», «Rim imperiyasiga alokador» maʼnosida) dastlab, ilk oʻrta asrlarda, klassik lotin tilidan hamda german lahjalaridan farq qiluvchi xalq tilini ifodalagan; Ispaniya va Italiyada Roman tillari «yangi lotin tillari» deb ham atalgan. Roman tillari 60 dan ortiq mamlakatda (mas,: fransuz tili 30 ta, ispan tili 20 ta, portugal tili 7 ta, italyan tili 3 ta mamlakatda) milliy yoki rasmiy til sifatida qoʻllanadi: ularda 600 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi.
Ensiklopediya.uz
ROMAN TILLARI