ROLLAN
ROLLAN (Rolland) Romen (1866.29.1, Klamsi — 1944.30.12, Vezle) — fransuz yozuvchisi, musiqashunos, jamoat arbobi. Dastlabki pyesalari Italiyaning Uygʻonish tarixiga bagʻishlangan. Lekin ular matbuotda chop etilmagan. Tarixiy mavzudagi «Eʼtiqod fojiasi» nomi bilan umumlashgan 3 pyesasida oʻz vatandoshlarini eʼtiqod, mardlik va ishonchga daʼvat qilgan. Rollanning Shekspir ruhida yozgan 2 tarixiy pyesasi (30 yildan soʻng yozgan) uchinchi — «Robespyer» bilan yakun topgan. «JanKristof» (1 — 10 j. lar, 1904—12) romanepopeyasida Betxoven tipidagi daho musiqachining tarixi 20-a. boshlaridagi Yevropa madaniyati inqirozining realistik kartinasi fonida kursatilgan. «Kola Bryunyon» qissasi (1914, nashri 1918) markazida erksevar mehnatkash xalq ustasi obrazi turadi. Rollanning keyingi ijtimoiy-siyosiy qarashlari «Maftunkor qalb» romanepopeyasi (1—4 j. lar, 1922—33)da aks etgan. L. Betxoven (1903), Mikelanjelo (1907), L. N. Tolstoy (1911), M. Gandi (1923) kabi buyuk kishilarning badiiy biografiyasini yozgan. Musikashunoslikka oid asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1915).
Ensiklopediya.uz
ROLLAN