ROKFELLERLAR

ROKFELLERLAR

ROKFELLERLAR — AQSHdagi eng yirik moliyasanoat guruhlaridan biri. 1870-y. da Jon Rokfeller (18391937) «Standart oyl» kompaniyasini tuzib, 19a. oxirida neft sanoati va savdosini monopoliya qilib olishi asosida yuzaga keldi. 20-a. ning 20-y. larida AQSHdagi yirik monopolistik guruhlar ichida Morganlarish soʻng 2oʻrinni egalladi. 1970-y. boshiga kelib Rokfellerlar nazoratidagi aktivlar 124,6 mlrd. dollarga yetdi. Rokfellerlarning hoz. moliyasanoat rypyxji oʻzagini «Ekson» neft monopoliyasi (aktivi 1973-y. da 36,8 mlrd. dollar) va «Cheyz Manxetten bank» tijorat banki tashkil kiladi. Rokfellerlar guruhi koʻpgina moliyakredit muassasalariga ega. Mashinasozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati tarmoklarining bir qancha korxonalari ularning tasarrufida.

Ensiklopediya.uz
ROKFELLERLAR