ROK
ROK — 1) Shashmaqom tarkibidagi Buzruk maqomi ashula boʻlimining ikkinchi guruh shoʻbalaridan biri. Rokning 5 ta shoxobchasi bulib, ular «Rok», «Mustahzodi Rok», «Qashqarchai Rok», «Soqiynomai Rok» va «Ufari Rok» deb ataladi. Bular oʻz tuzilishi jihatidan boshqa 2guruh shoʻbalaridan farq qiladi. Uning «Rok» qismi murakkab chapandoz usulida, 2 qismi talqin doira usulida, 3 qismi qashqarcha usulining oʻzgargan shaklida, keyingi qismlari soqiynoma va ufar doira usullarida ijro etiladi. Rokning 1 va 2 qismlarida Uzzol namudi avj sifatida qoʻllanilgan. Rok yengil va shoʻx yangraydi. Rok shoʻbasi surnayda ham chalinib, «Shodiyona» deb ataluvchi kuylar turkumining bir qismini tashkil etadi;
Ensiklopediya.uz
ROK