RODOXROZIT
RODOXROZIT (yun. rhodon — atirgul, chrosis — rang) , margane sl i shpat — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi MpSO3. Trigonal singoniyada kristallanadi. Rangi turli qoʻshimchalar borligi tufayli toʻq binafshadan och sargish, kulranggacha oʻzgaradi, oksidlanganda qoʻngʻir tusga oʻtadi. Asosan, yarim shaffof, baʼzan shaffof boʻladi. Yaltiroqligi shishaga oʻxshash, sadafeimon. Qattikligi 3,5—4. Zichligi 3700 kg/m3. Moʻrt. Rodoxrozit koʻpincha dengizlarda choʻkindi yoʻl bilan hosil boʻlgan marganes konlarida, baʼzan oʻrtacha trali polimetall va past trali oltinpolimetall konlarda uchraydi. Rodoxrozit, asosan, marganes rudalari tarkibiga kiradi. Sanoat axamiyatiga ega. Yumshok,ligiga qaramasdan baʼzi shaffof turlari zargarlikda va bezaktosh sifatida qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
RODOXROZIT