RODANID KISLOTA
RODANID KISLOTA (tiotsianat kislota) , HSCN — rangsiz, oʻtkir hidli suyuq modda. Mol. m. 59,09. R. k. va hosilalarining 2 ta struktura shakli maʼlum. R—N yoki metall ioni boʻlganda, asosan, I shaklda, organik hosilalari esa ikkala shaklda ham uchraydi. —90°dan past tradagina barqaror, —110° da oq kristall, —85°da trimer — rodanur kislota (HSCN)3 hosil qiladi. Undan yuqori tralarda polimerlanish darajasi ortadi, sariq rangdan qizil rangga va toʻq jigarrangga oʻtadi. 3 atrofida polimerlanadi. Suv, efir va spirtda yaxshi eriydi. Kuchli kislotalar jumlasiga kiradi.
Ensiklopediya.uz
RODANID KISLOTA