Roʼzador tish oldirishi, qon oldirishi, basseynda choʼmilishi, tish pastasi
Savol: Ro‘zador kishi tish oldirishi mumkinmi? Javob: Zarurat yuzasidan va ehtiyoj tug‘ilganda tish oldirish ro‘zaga zarar yetkazmaydi. Ya’ni tish og‘rib ro‘zadorni qiynaydigan bo‘lsa tishini oldirishi mumkin. Ammo zarurat bo‘lmasa va tish og‘rig‘i qiynamaydigan bo‘lsa tish oldirishi ro‘zadorga makruh bo‘ladi. Vallohu a’lam. Savol: Ro‘zador qon oldirsa ro‘zasi ochiladimi? Javob: Ro‘za tutgan kishi qon oldirishi bilan ro‘zasi ochilmaydi. Lekin ro‘zador kishi qon oldirishi sababli ro‘za tutishga kuchi yetmaydigan darajada zaiflashib qoladigan bo‘lsa ro‘za tutgan vaqtda qon oldirishi ro‘zadorga makruh sanaladi. Vallohu a’lam. Savol: Ro‘zador odam basseynda yoki shunga o‘xshash pishinib cho‘miladigan joyda cho‘milsa bo‘ladimi? Javob: Ro‘za ibodatidan malollanish sababli emas, balki tetiklashish yoki poklanish maqsadida bo‘lsa hamda suv kirib ketmaslik chora-tadbirlarini ko‘rgan bo‘lsa, joizdir. Vallohu a’lam. Savol: Ro‘zador kishi tish pastasi bilan tishini tozalasa bo‘ladimi? Javob: Ro‘zador kishining tish pastasini iste’mol qilishi makruhdir. Vallohu a’lam. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’atiRoʼzador tish oldirishi, qon oldirishi, basseynda choʼmilishi, tish pastasi
DO`STLARGA ULASHING:
basseynda choʼmilishi, qon oldirishi, Roʼzador tish oldirishi, tish pastasi