ROʻYJO

ROʻYJO

ROʻYJO (fors. — yuz, yuza va joy) , joypoʻsh — choyshab turi; asosan, oq va malla boʻzdan P. shaklida kashta tikib tayyorlanadi (pastki oyoq qismi bezaksiz). Roʻyjo qizlarning sepiga kirgan, dastlab kelinkuyovlarning oʻrniga yopilgan. Birinchi farzand dunyoga kelguniga qadar yosh kelinkuyovlarning uyini bezab turgan, keyinchalik faqat bayramlardagina osilgan. Hozirda sidirgʻa rangli matolardan popop mashinasida kashta tikib tayyorlanadi. Roʻyjoni qoʻlda kashta tikib bezash anʼanasi hoz. kunda ham davom etmoqda (Mas, Samarqand viloyati Urgut tumani va b.).

Ensiklopediya.uz
ROʻYJO