RIZOSFERA

RIZOSFERA

RIZOSFERA (yun. rhiza — ildiz va sfera) — oʻsimlik ildizlarini bevosita oʻrab turadigan guproq qatlami. Tuproqning boshqa qatlamlariga qaraganda P. mikroorganizmlarga boy boʻlganidan, unda tuproq jarayonlari kuchliroq kechadi. Rizosfera mikroflorasinnj tarkibi tuproq tipi, ekologik sharoitlar va oʻsimlik yoshiga bogʻliq. Oʻsimliklar ildizlari orqali Rizosferaga turli moddalar (qand, organik kislotalar, alkaloidlar, fitonsidlar) chiqadi va bu ajratmalar Rizosfera mikroorganizmlari uchun ozuqa boʻladi, tuproq nordonligini oʻzgartiradi va b. (yana q. Ildiz).

Ensiklopediya.uz
RIZOSFERA