Riyokorlik, xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik
Riyokorlik, xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik
DO`STLARGA ULASHING:
Riyokorlik, xushomadgo‘ylik va ikkiyuzlamachilik eng katta yovuzlikdir. Niqobga o‘ralgan bu yovuzliklarni seza bil, unga nisbatan g‘azabkor va murosasiz bo‘l!
V.A.SUXOMLINSKIYTentaklar orasida riyokorlar deb ataluvchi bir toifa bor,ular to‘xtovsiz
ravshda o‘zlari va o‘zgalarni aldashni o‘rganganlari o‘rgangan, ammo aslida ular hammadan ko‘ra ko‘proq o‘zlarini aldaydilar.
LEONARDO DA VINChIBoshqalarga qaraganda ko‘pincha eng riyokor kishilar aldanib qoladilar.
U. GEZLITTOdammi o‘gshga maqtash xushomadgo‘ylik belgisidir.
ARASTUHammani maqtaydigan odamga ishonma.
J. KOLLINZIshonmagil maddoh, so‘zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.
SA’DIYMaqtov nodonlarda, gumon o‘zingdan
Bo‘lur, gururlanma go‘zal so‘zingdan.
SA’DIYHadeb maqtayverish — xushomadgo‘ylik.
ARASTUBirovga yoqish san’ati — aldash san’atidir.
L. VOVENARGBarcha xushomadgo‘ylar odatda aldamchilar.
I. ENGELSAchchiq tanbehdan qo‘rqma, Allalovchi so‘zdan ko‘rq.
Ye.BARATINSKIYInson haqida uning xulqi, voqea va hodisalar haqida ko‘ngling nima desa, o‘shani gapir. Sendan kimdir nimadir kutayotgan taqdirda ham xushomad qilma. Bu seni munofiq, laganbardor va oxiri borib razil muttahamga aylantirish uchun qilingan harakatdir.
V. A. SUXOMLINSKIYRiyokor — doimiy kul.
R. ROLLANIllatning qo‘lidan kelgan yaxshilik — riyokorlik.
F. LAROShFUKOYaxshilik niqobiga o‘ranmagan yoki uning ko‘magiga suyanmagan bironta ham illat yo‘q.
J. LABRUERRiyokorlik — og‘ir ish emas, har bir yaramasning qo‘lidan keladi, lekin ochiqchasiga, samimiy va yurakdan gapirish va kulish esa faqat olijanob qalb egalarigagina xosdir.
Sh. PETEFIFiribgarlik bilan tilyog‘lamalik — tug‘ishgan og‘a-inilardir.
A. LINKOLNXushomadgo‘y odamlar surbetlarcha riyokorlikka hurmat bilan qaraydilar.
O. BALZAKManfaat uchun yoqimtoy bo‘lib qolgan odamlar — eng tund odamlardir.
L. VOVENARGOlgirlar hech narsadan jirkanmaydilar.
L. VOVENARGXushomadgo‘y kim? U epchil va ziyrak aql egasi bo‘lib, sal ko‘zingiz tushishi bilanok, yetti bukilib kulimsiraydi, har bir so‘zingizni entikib qarshi oladi va nima qilsangiz, hammasini ko‘r-ko‘rona olqishlaydi.
J. LABRUERBuyuk kishilar hech qachon xushomad qilmaydilar, xushomad — mayda odamlarning ishi, ular o‘zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.
O. BALZAKFaqat pastkash odamgina oldingda maqtab, orqangda g‘iybat qiladi.
PIFAGORIllat va nuksonlaringni ko‘ra-bila turib, ularni oqlaydigan na hatto ma’qullaydiganlarga yaqin yo‘lama. Bunday kishilar yo laganbardor, yo qo‘rqoq, yoki.ahmoqdirlar. Har qanday baxtsizlik yoki kulfatda ulardan yordam kutma.
G. S. SKOVORODAXushomad sadoqatga mutlaqo yopishmaydi.
ERAZM ROTTERDAMSKIYXushomadgo‘ylik nafratdap xavfliroq.
B. GRASIANTulki terisini yopingan tekin maqtovdan qo‘rq.
GORASIYG‘animning yolg‘oniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma; birinchisi ayyorlik to‘rini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jig‘ildonini ochib turibdi.
SA’DIYXushomad rasmdagi aslaha-yaroqqa o‘xshaydi: ko‘zingni quvontirgani bilan hech bir nafi yo‘q.
PIFAGORKimki xushomadni taqdirlasa, u o‘sha xushomadni qidirgan.
T. FULLERYetti boshli ajdardan emas, tilyog‘lama odamdai qo‘rq.
QOBUSXushomadgo‘y uy hayvonlari ichidagi eng xavflisidir.
DIOGENBo‘ysungandek ko‘rinib, keyin hukmron bo‘lish uchungina xushomad qiladilar.
N. G. ChERNIShEVSKIYQullarcha bo‘yin ekkan odamning bari ham qul bo‘lavermaydi.
G. LIXTENBERGXushomadgo‘y shuning uchun xushomad qiladiki, u o‘zi haqida ham, o‘zgalar haqida ham yaxshi fikrda bo‘lmaydi.
J. LABRUERHurmatlagan odamlariga hech qachon tilyog‘lamalik qilmaydi-lar, chunki hurmat odamni ulug‘laydi, tilyog‘lamalik esa yerga uradi.
PUBLILIY SIRXushomadgo‘ylardan qoching — ular bashang kiyinib olgan o‘g‘-rilardir.
U. PENNXushomadgo‘y — dushmandan yomon.
TASITKimdir tovoningni yalasa, tishlashga ulgurmasidan oyog‘ingda ezib tashla.
N. VALERIQabih xushomadgo‘y va aldamchidan ko‘ra oshkora dushman yaxshi; bundaylar insoniyatni bulg‘aydilar.
PETRNafrat va xushomad — haqiqat kushandalari.
F. LAROShFUKOKimki xushomadga uchsa, himoyasiz qoladi.
A. GRAFTentaklarni xushomad bilan qo‘lga tushiradilar.
M. ANDERSEN-NEKSESirkadan ko‘ra asalda pashsha ko‘proq o‘ladi.
J. LAFONTENXushomadgo‘y illatlar ko‘mak-chisi.
SISERONXushomad — jinoyatlarni tug‘diradigan oziq.
J. GEYXushomadni tentaklarning ozig‘i, deb aytishadi, lekin shunga qaramay, qanchadan-qancha dono kishilar ham ma’lum vaqt davomida shu oziqdan ozgina bo‘lsa-da, totib qolishga urinadilar.
J. SVIFTBiz huquqlarimiz to‘g‘risida gapirgan odamlarni mamnuniyat bilan eshitamizu, ammo burch-majburiyatlarimizni eslatgan-larni esa uncha xush ko‘rmaymiz.
E. BORKOdatda biz bizdan hayratlanganlarnigina chin yurakdan maqtaymiz.
F. LAROShFUKODunyoda ming bora ayon haqiqat:
Xushomad — xunuk hol; lekin
Qalbga yo‘lni qanday toparkin.
I. A. KRILOVziyouz.uz
ikkiyuzlamachilik, Riyokorlik, xushomadgo‘ylik