RIXTER

RIXTER

RIXTER (Richter) Berton (1931.22.3, Nyu-York) — amerikalik fizikeksperimentator. Massachusets texnologiya in-tini tugatgan (1952). 1956-y. dan Stanford un-tida ishlagan (1967-y. dan prof). Ilmiy ishlari — yuqori energiyalar va elementar zarralar fizikasi, tezlatkichlar texnikasiga oid. S. Tingщya mustaqil tarzda psizarrani kashf etgan (1974). Nobel mukofoti laureata (1976; S. Ting bilan birgalikda).

Ensiklopediya.uz
RIXTER