RIXTER SHKALASI

RIXTER SHKALASI

RIXTER SHKALASI — magnitudalar (tebranishlar yoki silkinishlar qiymati) boʻyicha zilzilalarni tasniflovchi jadval. Zilzila (yoki portlash) vaqtida yuzaga keluvchi seysmik toʻlqinlar energiyasini baholashga asoslanadi. Rixter shkalasiga 9 balli sistema asos kilib olingan. Rixter shkalasi boʻyicha zilzila magnitudasi va 12 balli shkala boʻyicha epitsentr (zilzila oʻchogʻi) dagi uning kuchi oʻrtasidagi nisbat oʻchoqning chuqurligiga bogʻliq. Shkala 1935-y. amerikalik seysmolog Ch. Rixter tomonidan taklif etilgan, 1941—45 y. larda B. Gutenberg bilan birgalikda nazariy jihatdan asoslab berilgan (q. Zilzila, Seysmik shkala).

Ensiklopediya.uz
RIXTER SHKALASI