Rixsi Ibrohimova haqida, oilasi, instagram, rasmlari to’liq malumot oling

Rixsi Ibrohimova haqida, oilasi, instagram, rasmlari to’liq malumot oling

Rixsixon Ibrohimova 1937 yil 29 dekabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan.
Aktrisa oilada yetti farzandning biri bo’lgan. Uning singlisi ko’pchiligimizga tanish suhandon Nasiba Ibrohimova bo’ladi. 
 
Rixsi Ibrohimova maktabni tamomlagach Toshkent davlat unversitetining, filologiya bo’limiga o’qishga kirmoqchi bo’lgan. Lekin keyinroq otasining maslahati bilan, hujjatlarini Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga topshirgan hamda imtihonlardan o’tib ushbu oliygohda tahsil olgan.
Aktrisa o’z faoliyatini 1956 yilda, hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan. Rixsi Ibrohimova ushbu teatrdagi ko’p yillik ish faoliyati davomida, 50 oshiq spektakllarda unitilmas obrazlar yaratgan.
Aktrisa kinoga 1967 yilda suratga olingan «Integral» nomli filmdagi roli bilan kirib kelgan. U faoliyati davomida  «Kelinlar qo’zg’oloni», «Shum bola» va «Yuzsiz» kabi o’nlab bizga tanish filmlarida suratga tushgan.
 
Rixsi Ibrohimova kino va teatrdan tashqari, radioda ham ko’p yillar ishlagan. U O’zbekiston radiosida «Yoshlik»,»Tabassum» va «Dugonalar» kabi bir necha radioeshittirishlarda boshlovchilk qilgan.
Bulardan tashqari aktrisa «Otalar so’zi-aqlning ko’zi» ko’rsatuvida, shuningdek 500 ga yaqin filmlar dublajida ham ishtirok etgan.
Aktrisa san’at sohasidagi o’zining ko’p yillik xizmatlari orqali «O’zbekiston xalq artisti» unvoni hamda «Mexnat shuhrati»,
«El yurt hurmati» va «Fidokorona mehnatlari uchun»  ordenlari bilan taqdirlangan.
 
Rixsi Ibrohimovani hayoti davomida muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda, qora kunlari ham ko’p bo’lgan.
U Chernobildagi AES halokatlarini bartaraf etish vaqtida, bir guruh sa’natkorlar bilan o’sha yerda konsert dasturida qatnashgan. Toshkentga qaytgach unda nurlanish bilan kasallanganligi ma’lum bo’lgan va buning oqibatida, bir nechta og’ir jarrohlik operatsiyalarini boshidan o’tkazgan.
 
Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Rixsi Ibrohimova Dalilxon ismli muhandisga turmushga chiqqan va ular bir nafar o’gil farzandli bo’lishgan.
Rixsi Ibrohimovaning kelini ko’pchiligimizga tanish bo’lib, u… bir necha yillar oldin namoyish etiluvchi «Uy vazifasi» ko’rsatuvi boshlovchisi, Xilolaxondir.
Aktrisaning turmush o’rtog’i 2004 yilda olamdan o’tgan.
 
Bugungi kunda 82 yoshdan oshgan Rixsi Ibrohimova o’zining aktrisalik faoliyatini hamon davom ettirib kelmoqda.
rixsi ibrohimova haqida oilasi instagram rasmlari 1

rixsi ibrohimova

Biografiya
instagram, oilasi, rasmlari, Rixsi Ibrohimova haqida