RITORIKA

RITORIKA

RITORIKA (yun. rhetorike — notiklik) — notiklik sanʼati; keng maʼnoda umuman badiiy nasr haqidagi fan. Mil. av. 5—4-a. larda Yunonistonda yuzaga kelib, mil. av. 3—2-a. larda tizimli fan shaklini olgan. Mil. av. 1-a. da Rimda tarqalgan. 5 qismdan iborat boʻlgan: materialni topish, joylashtirish, soʻz bilan ifodalash (3 uslub: yuqori, oʻrta, pastki hamda uslub koʻtarinkiligining 3 vositasi: soʻz tanlash, soʻzlarni biriktirish va uslubiy figuralar xaqidagi taʼlimot), yodlash, talaffuz. Qad. davrda (Sitseron, Kvintilian ijodida) ishlab chiqilgan, oʻrta asrlarda va yangi davrda (Rossiyada Lomonosov ijodida) rivojlantirilib, 19-a. da adabiyot nazariyasiga qoʻshilib ketgan. Keyinchalik «Ritorika» termini dabdabali, quruq safsatani anglatgan (q. Voizlik sanʼati).

Ensiklopediya.uz
ritorika