RISHE
RISHE (Richet) Sharl (1850.26.8 Parij — 1935.4.12) — fransuz immunologi va fiziologi. Parij FA aʼzosi (1914) va prezidenti (1933-y. dan), 1887-y. dan Parij un-ti fiziologiya prof. Ilmiy faoliyati ovqat hazm qilish fiziologiyasiga oid. 1888-y. fanga «passiv immunitet» tushunchasini kiritgan. 1902-y. organizmning yot oqsillarga boʻlgan allergik reaksiyasini oʻrganib, uni anafilaksiya deb ifodalagan. Rishe immunitet va seroterapiya, shuningdek, epilepsiya va oʻpka silini davolash muammolarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1913).
Ensiklopediya.uz
RISHE