RIQO
RIQO (arab, ruqʼa — maktub) — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Xat tarixchisi Ibn Nadim fikricha, Riqo suls yozuvidan kelib chiqqan. Koʻrinishi jihatdan Riqo tavqe xatiga oʻxshash, harf oʻlchamlari undan kichik hamda nozikroq. Riqoda oʻzidan keyingi harflarga qoʻshilmaydigan koʻpchilik harflar bir-biriga qoʻshib yozilaveradi. Riqodan tez yozishda (maktub va b. da) foydalaniladi. Keyinchalik ixcham koʻngilochar hikoya yoki qissalar, baʼzan shams naqshidagi yozuvlar, Qurʼon yoki kitoblar xotimasi Riqoda bitilgan, alohida mustaqil qitʼalarni yozishda ham qoʻllanilgan.
Ensiklopediya.uz
RIQO