RINOFIMA

RINOFIMA

RINOFIMA (yun. rhinos — burun va phyma — oʻsimta, shish) — burun terisida oʻsimta paydo boʻlishi. Koʻproq burun uchi va qanotlarida yuzaga keladi. Asosan, 40—50 yoshdagi erkaklarda uchraydi. Rinofimaga alkogolizm, surunkali meʼdaichak kasalliklari va tashqi muhitning zararli omillari — chang, tez-tez sovqotish va b. sabab boʻladi. Kasallikda burun uchida toʻq qizil yoki koʻkimtirqizgʻish, gʻadirbudur dumaloq oʻsma hosil boʻladi. Bemorni operatsiya qilib davolanadi.

Ensiklopediya.uz
RINOFIMA