Ring of fire (qiziqarli o’yin)
Ring of Fire
Ushbu o’yinni o’ynatish uchun o’yin kartalari kerak bo’ladi. Bu o’yin asosan kichikroq guruhlarga mo’ljallangan, lekin kattaroq guruhlarga ham moslashtirish mumkin.
Qoidalar:
Har bir o’quvchi bir list qog’ozga ingliz tilida 5tadan savol yozadi. Va har bir savolni alohida qilib qirqib oladi. Savol yozilgan qog’ozlarni kopto’kcha shaklida dumaloq qilib, aylana shaklida terib chiqilgan kartalarni o’rtasiga qo’yiladi.
Har bir o’quvchi navbati bilan kelib bitta karta tanlaydi.
Tanlangan kartaga qarab savolga kim javob berishi aniq bo’ladi. Quyida har bir kartaga biriktirilishi mumkin bo’lgan qoidalar berilgan. Qo’shimcha sifatida o’quvchilar taklif qilgan qiziqarli qoidalarni biriktirishingiz mumkin.
Qirol: Hohlagan odamingizda so’rang. Agar o’quvchi qirol kartasini tanlagan bo’lsa, savolga javobni hohlagan odamidan olishi mumkin
Qirolicha: Qiz boladan so’rang! Agar qirolicha kartasi tanlangan bo’lsa, o’quvchi savolga javobni hohlagan qiz bola o’quvchidan so’rashi mumkin
Valet: O’g’il boladan so’rang!
10: O’qituvchingizdan savol so’rang! Kartalardan 10 ni tanlagan o’quvchi savollardan birini tanlab o’qituvchidan so’raydi.
9: Bunny ears! Hamma o’quvchilar qo’larini boshlariga quyonning quloqlari singari qo’yishi kerak. Oxirgi qolgan o’quvchi savolga javob beradi.
8: So’zlar. Karta tanlagan o’quvchi bitta mavzu tanlab har bir o’quvchidan shunga oid so’zlar so’rab chiqadi. Masalan: fruits. Javob bera olmagan yoki aytilgan javobni takror aytgan o’quvchi savolga javob berishi kerak bo’ladi.
7. Yana bir marta torting!
6: Touch your nose! Bu ham huddi bunny ears bilan bir xil. Faqat o’quvchilar tezda burunlariga tegishi kerak bo’ladi.
5: Bitta savolga javob bering. Bu savolga o’zi javob berishiga tog’ri keladi.
4:O’zingizdan chapdagi o’quvchidan so’rang.
3: O’zingizdan chapdagi o’quvchidan so’rang.
2: Yana bir marta torting!
Tuz: Hohlagan odamizdan hohlagan savolingizni so’rang. Tuz tanlagan o’quvchi hohlagan odamidan va hohlagan savolini so’rashi mumkin.
Ushbu o’yin o’quvchilaringizga juda ham yoqishiga ishonaman. Tez orada ko’proq o’yinlar yulashga harakat qilaman.
Sinfingiz buni qanday qabul qilganini yozib qolirishni unutmang!
Ko’rildi: 337
Ushbu o’yinni o’ynatish uchun o’yin kartalari kerak bo’ladi. Bu o’yin asosan kichikroq guruhlarga mo’ljallangan, lekin kattaroq guruhlarga ham moslashtirish mumkin.
Darsliklar
Ring of fire (qiziqarli o’yin)