Rimma Ahmedova haqida, oilasi, rasmlari

Rimma Ahmedova haqida, oilasi, rasmlari

Rimma Ahmedova haqida, oilasi, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Aktrisa Rimma Ahmedova 1942 yil 4-avgust sanasida Toshkent shahrida tug’ilgan. Uning otasi Ashur Ro’ziyev onasi esa Aleksandra ismli rus millatiga mansub ayol bo’lgan. Aktrisa oilada yolg’iz qiz bo’lgan.
Rimma Ahmedovaning otasi, u tug’ilmasidanoq harbiy hizmatga ketgan va shu bo’yi uyiga qaytmagan. Onasi Aleksandra esa boshqa turmushga qurgan. Bo’lajak aktrisa buvisi Anor xola qo’lida katta bo’lgan.

Maktabda o’qib yurgan vaqtlarda u balet to’garagiga qatnagan. Keyinchalik  yaqinlarining taziyqi sabab baletni tashlashga majbur bo’lgan. Rimma Ahmedova maktabni tamomlagach,  Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohining «Drama va kino aktyorligi» bo’limida tahsil olgan. 

Oliygohdagi o’qishni yakunlash arafasida u,  bir oy ichida ham onasidan ham boqib katta qilgan buvisidan ayrilgan. Bu yo’qotishlardan keyin u anchagacha o’ziga kela olmagan.
Aktrisa o’z faoliyatini hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrida  boshlagan. Ushbu teatrda u «Qirol Lir»,»Kelinlar qo’zg’aloni» va «Parvona» kabi o’nlab mashhur spektakllarda qatnashgan. 1987 yilga kelib u ko’plab hamkasblari bilan birga O’zbek milliy drama teartiga o’tgan  va o’z faoliyatini ushbu teatrda davom ettirgan.
Aktrisa kinoda ham o’ziga hos obrazlar yaratgan bo’lib, «Dallol», «Yussiz», «Sho’rpeshonalar» hamda «Bomba» singari bizga tanish filmlarda suratga tushgan.

Rimma Ahmedova o’zbek tomoshabinlariga asosan dublajdagi faoliyati bilan yaxshi tanish bo’lib, ushbu sohadagi qariyb 35 yillik faoliyati davomida 2 mingga yaqin film qahramonlariga ovoz bergan. 

Aktrisani shaxsiy hayoti haqida: Rimma Ahmedova ko’pchiligimiz tanigan rejissyor Bahodir Yo’ldoshev bilan oila qurgan. Ular ko’p yil birga yashashgan va ikki qiz va bir o’g’il farzandli bo’lishgan. Keyinchalik turli omillar sabab bu juftlik ajrashgan.
Aktrisaning qizlari san’at sohasini tanlashmagan,  lekin yolg’iz o’g’li Bobur Yo’ldoshev esa ota va onasi kabi taniqli aktyor bo’ldi.

Rimma Ahmedova ko’krak saratoni kasalligi chalingach 1997-yilda o’z faoliyatini butunlay yakunlagan. Ushbu og’ir hastalik sabab u 2006 yil 13-noyabr kuni 64 yoshida olamdan o’tgan. 

 

Rimma Ahmedova Biografiyasi
Rimma Ahmedova Biografiyasi

oilasi, rasmlari, Rimma Ahmedova haqida