RIM UNIVERSITETI

RIM UNIVERSITETI

RIM UNIVERSITETI — Yevropadagi qad. untlardan biri. 1303-y. tashkil etilgan. Rim universitetida kimyogar S. Konnissaro, geometrlar E. Baltrami, F. Severi, matematik va mexanik T. LeviChivita, fiziklar E. Fermi, E. Amaldi, tarixchi R. ByankiBandinelli ishlagan. Huquq, siyosiy fanlar, savdoiktisod, statistika, demografiya va aktuar hisoblar, filol. va falsafa, ped., tibbiyot, mat., fizika va tabiiy fanlar, farmakologiya, fuqaro, sanoat va togkon qurilishi, meʼmorlik buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1661-y. tashkil etilgan)da 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi. Untda 180 ming talaba taʼlim oladi.

Ensiklopediya.uz
RIM UNIVERSITETI