RICHAG

RICHAG

RICHAG — katta kuchni kichik kuch bilan muvozanatlaydigan oddiy mexanizm. Tayanch nuqtasiga ega boʻlgan qattiqjismdan iborat. U tayanch nuqtadan oʻtuvchi tekislikdagi kuchlar taʼsirida boʻladi. Agar kuchlar tayanch nuqtaning ikki tomonida joylashgan boʻlsa, bunday Richag 1 tur, agar kuchlar tayanch nuqtaning bir tomonida joylashgan boʻlsa, 2tur Richag deb ataladi. Richag muvozanatda boʻlishi uchun tayanch nuqtaga nisbatan olingan kuchlar momentlari yigʻindisi nolga teng bulishi kerak. Richag dvigatellar, presslar, bolgʻalash mashinalari va mexanizmlarda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
RICHAG