REZAVOR MEVALI OʻSIMLIKLAR
REZAVOR MEVALI OʻSIMLIKLAR — sershira rezavor meva beruvchi koʻp yillik buta, chala utsimon oʻsimliklarning katta guruhi. Mevali oʻsimliklar guruhiga kiradi, yovvoyi va ekma quritilgan holda isteʼmol qilinadi, ulardan qiyom, sharbat, murabbo, vino va b. tayyorlanadi. Rezavor mevalar, Mas, krыjovnik, maymunjon, kulupnay, smorodina, malina va chakanda (oblepixa)lar tarkibida inson salomatligi uchun zarur boʻlgan organik kislotalar, qand, mineral tuzlar, vitaminlar, xushboʻy moddalar koʻp; baʼzilari (Mas, zirk, malina, chernika, qora mevali ryabina) dorivorlik ahamiyatiga ega. Mevalari isteʼmol qilinadigan yovvoyi va ekma turlari Yer yuzining hamma joyida, ayniqsa, iqlimi moʻtadil mamlakatlarda koʻp oʻstiriladi. Oʻzbekistonda kulupnay, malina, smorodina koʻp ekiladi. Rezavor mevali oʻsimliklar vegetativ yoʻl bilan (kalamchasidan, parxish qilib, bachkisidan va gajakchasidan) koʻpaytiriladi. Koʻchati bahorda va kuzda ekiladi. Tuproq yumshatilgan, begona oʻtlardan toza holda tutiladi, oʻgʻitlanadi, vaqtivaqti bilan sugʻoriladi. Rezavor mevali oʻsimliklar hosilga erta (kulupnay 2yili; malina 3yili; smorodina, krijovnik 3—4yili) kiradi va har yili hosil beradi.
Ensiklopediya.uz
REZAVOR MEVALI OʻSIMLIKLAR