REYNUOTER

REYNUOTER

REYNUOTER (Rainwater) Jeyms (1917.9.12, Kaunsil, Aydaxo shtati) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi. Kaliforniya texnologiya in-tini tugatgan (1939). 1939-y. dan Nyu-Yorkdagi Kolumbiya un-tida ishlagan (1952-y. dan prof.). Ilmiy ishlari yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasiga oid. Yadroning umumiy modelini taklif etgan. Nobel mukofoti laureati (O. Bor va B. Mottelson bilan hamkorlikda; 1975).

Ensiklopediya.uz
REYNUOTER