Revmatizm qanday kelib chiqadi?
❓Revmatizm qanday kelib chiqadi? ?Revmatizm yoki o‘tkir revmatik isitma yurak, bo‘g‘imlar, teriga va asab tizimiga ta’sir qiluvchi murakkab kasallik. A guruhidagi streptokokk infeksiyasidan kelib chiqqan tomoq og‘rig‘idan keyin paydo bo‘ladi. ?Bu kasallik ko‘pincha antibiotiklar bilan davolanmagan yoki o‘tkir revmatik isitmani yuqtirishga moyilligi yuqori bo‘lgan 3 yoshdan katta bolalar va 21 yoshgacha bo‘lganlarga ta’sir qiladi. ?Kardit. Kardit yurak yallig‘lanishi, revmatizmning eng keng tarqalgan asorati. Bunday holda, avval klapanlar, yurak mushaklari va tashqi membrana — perikard zararlanadi. ?Poliartrit. Bo‘g‘imlar revmatik isitma bilan yallig‘lanadi, ular shishadi, qizaradi va og‘riydi. Odatda bu tizzalar, tirsaklar, to‘piqlar, bilaklarda kechadi. Og‘riq bir suyak bo‘g‘imida, so‘ngra ikkinchisida paydo bo‘ladi. ?O‘tkir revmatik isitmaning keng tarqalgan xususiyati shuki, u umurtqa pog‘onasiga hech qachon ta’sir qilmaydi va kamdan kam hollarda yelka yoki barmoq bo‘g‘imlariga ta’sir qiladi.Revmatizm qanday kelib chiqadi?
DO`STLARGA ULASHING:
Revmatizm qanday kelib chiqadi?