Revmatizm kasalligi: alomatlari, tashxislash, davolash usullari, oldini olish, asoratlanishi

Revmatizm kasalligi: alomatlari, tashxislash, davolash usullari, oldini olish, asoratlanishi

Revmatizm nima? Kasallik haqida umumiy ma’lumot

Revmatizm — bu tanadagi barcha to’qimalarning tizimli yallig’lanishi, asosan yurak qobig’ida lokalizatsiyalanadi. Ayniqsa, organizmdagi yurak, bo’g’im va teri osti biriktiruvchi to’qimalari kasallanishga moyil bo’ladi. Revmatizmni odamlar orasida tez-tez uchrab turadigan oddiy angina keltirib chiqarishi mumkin. Tonzillit o’zi o’tkir shaklda, isitma, bosh og’rig’i bilan kechsada, revmatik isitmada yallig’lanish surunkali yurak klapani shikastlanishiga olib keladi, bu esa o’tkir kasallikdan ko’p yillar o’tib nogironlik yoki o’limga olib kelishi mumkin.

Odatda revmatizm 5 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’sir qiladi, ammo kattalar ham kasal bo’lib qolishi mumkin. Revmatizmning dastlabki alomatlari ko’pincha anginadan 1-5 hafta o’tgach paydo bo’la boshlaydi. Revmatik hujumlar odatda uch oy davom etadi, juda kamdan-kam hollarda ular olti oydan ko’proq.

svg%3ERevmatizm

Revmatizm: rivojlanish sabablari va omillari

Hozirgi kunda revmatizm rivojlanishining uchta asosiy sababi ajratiladi:

  • Boshdan o’tkazilgan kasalliklar. Kasallikning rivojlanishiga A guruh streptokokklari ta’sir ko’rsatadi. Agar kishi A guruhi streptokokklari infektsion kasalliklari bilan bir necha marta hastalangan bo’lsa, patologik jarayon rivojlanishi ehtimoli mavjud bo’ladi, natijada esa revmatizm yuzaga kelishi mumkin. Biroq, bemorda streptokokkning qay serologik kichik guruhi qayq qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda gemolitik A guruh streptokokk bilan bir marta kasallangandan keyin ham revmatizm rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, agar bemor, masalan, O’RVI bilan kasallangan bo’lsa va tegishli davolash choralarini ko’rmayotgan bo’lsa, revmatik shikastlanishlar rivojlanishi xavfi ortadi.
  • Allergiya. Allergik reaktsiya ham bevosita streptokokkning o’zi tomonidan, ham u ajratadigan moddalar (toksinlar va ferment oqsillar) tufayli sodir bo’lishi mumkin. Toksinlar qon oqimiga kirib, butun tana bo’ylab tarqalganligi uchun, immunitet javobi ham tizimli bo’lishi kerak. Ammo, bunday immunitet javobi natijasida ko’proq yurak va bo’g’imlarga zarar yetadi. Revmatizmning surunkali shakli streptokokk infektsiyasi bilan bog’liq emasligini e’tiborga olish kerak. Surunkali revmatizmda qonda streptokokklarga qarshi antitanalar aniqlanmaydi.
  • Irsiy moyillik. Birdan aytib o’tish kerak, revmatizm nasldan-naslga uzatilmaydi. Biroq, streptokokk bilan kasallanganda revmatizm rivojlanishiga bo’lgan yuqori moyillik nasl surishi mumkin.

Kasallikning turlari: revmatizmni tasniflash

Kechish tabiati bo’yicha revmatizm o’tkir va surunkali shaklda bo’ladi:

  • O’tkir revmatizm. Revmatizmning bu shakli 20 yoshgacha bo’lgan odamlarda uchraydi. Revmatizm o’tkir shaklining qo’zg’atuvchi agenti streptokokkdir. Revmatizm boshdan kechirilgan yuqori nafas yo’llari infektsiyasi bilan birlashsa, alomatlarning kechikishi (odatda 14-21 kunlarda) qayd qilinadi. O’tkir revmatizmning o’ziga xos xususiyati uning rivojlanish tezligidir. Dastlab, bemorlarni shamollash va grippdagi kabi umumiy intoksikatsiya alomatlari bezovta qiladi. Aynan shu alomatlarning o’xshashligi bu kasallikni darhol aniqlashga imkon bermaydi. Bir muncha vaqt o’tgach kardit, poliartrit, teri ustida toshmalar, ba’zan teri tugunlari kabi o’ziga xos alomatlar sezila boshlaydi. Kasallikning o’tkir davri uch oygacha davom etadi. Ayrim hollarda o’tkir revmatizm 6 oygacha davom etadi.
  • Surunkali revmatizm. Revmatizmning surunkali shakliga kelsak, u tez-tez qaytalanishi bilan xarakterlanadi, hatto bemor o’z vaqtida tegishli davolashni olib borsa ham. Ayniqsa, surunkali revmatizmning kuchayishi kuz-qish mavsumida tez-tez sodir bo’ladi, chunki sovuq jiddiy qo’zg’atuvchi omil hisoblanadi. Bundan tashqari, namlik yuqori bo’lgan joylarda uzoq muddat turish (yoki yashash) kasallikning kuchayishiga yordam beradi. Qoidaga ko’ra, surunkali revmatizmning xuruji yiliga bir necha marta sodir bo’ladi.

Surunkali revmatizm yetarlicha og’ir shaklda kechib, bemorning hayot sifatini sezilarli darajada kamaytiradi. Bemorni bo’g’imlardagi azobli og’riq, shuningdek yurak sohasidagi og’riqlar bezovta qiladi.

Qay a’zo shikastlanganligiga qarab, revmatizm quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Revmatizmning yurak shakli. Kasallikning bu shaklida yurak mushaklari ta’sirlanadi. Bunday holatda bemorlardagi og’riqlar bir-biridan farq qiladi: kimdadir yaqqol og’riq, boshqalarda esa mo’tadil og’riq qayq qilinadi. Dastlabki bosqichlarda revmatizmning yurak shakli deyarli namoyon bo’lmaydi va faqat muayyan instrumental tadqiqotlar, masalan, EKG yordamida aniqlanadi. Kasallikning so’nggi bosqichlarida og’ir yurak shikastlanishi va o’tkir yurak yetishmovchiligi rivojlanadi, bu yurak mushakining qisqaruvchi qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
  • Revmatizmning bo’g’im shakli. Revmatizmning bo’g’imli (artikulyar) shaklida faqat bo’g’imlar yoki yurak bilan bo’g’imlar shikastlanishi mumkin. Odatda, revmatizmning bo’g’im shakli katta bo’g’imlarga ta’sir qiladi va oxirgi bosqichlarda patologik jarayon kichik bo’g’imlarni ham qamrab oladi. Sekin-asta bo’g’im xaltachasi va tog’aylarning shikastlanishi ro’y beradi. Kuchli og’riq tufayli, bemor shikastlangan bo’g’imni harakatlantirishi qiyinlashadi. Bo’g’im revmatizmining o’tkir shaklida yoki xuruj davrida tana harorati 39 °C ga qadar ko’tarilishi mumkin.
  • Revmatizmning nevrologik shakli. Asab tizimining revmatik shikastlanishi bo’g’im va yurak shikastlanishidan ko’ra kamroq uchraydi. Revmatizmning nevrologik shaklida harakatlanish uchun javob beradigan bosh miya po’stlog’i hujayralari shikastlanadi. Shu bois, bemor oyoq-qo’llari yoki yuz mushaklarining ixtiyorsiz harakatlari qayd qilinadi.
  • Revmatizmning o’pka shakli. Juda kamdan-kam hollarda kuzatiladi, rematizmga oid barcha holatlarning taxminan 1-3% ini tashkil etadi. Odatda, revmatizmning o’pka shakli o’zini bronxit yoki plevrit shaklida namoyon qiladi.
  • Revmatizmning teri shakli. Kasallikning bu shakli teri toshmalari yoki o’ziga xos revmatik tugunlar shaklida namoyon bo’ladi. Kasallikning teri shakli revmatizmga chalingan bemorlar umumiy sonining 5 foizidan oshmaydi.
  • Revmatizmning oftalmologik shakli. Kasallikning bu shakli faqat revmatizmning klassik alomatari bilan birgalikda aniqlanadi. Odatda, oftalmologik shakli ko’zning to’r pardasiga ta’sir qiladi. Revmatizmning oftalmologik shakli qisman yoki to’liq ko’rlikka olib kelishi mumkin.

Revmatizm alomatlari: kasallik qanday namoyon bo’ladi

Revmatizm — yakka kasallik emas. Ko’pincha u boshqa patologiyalar bilan «qo’shnilik» qiladi, chunki streptokokklar ajratadigan zararli moddalar va immunitet antitanalari ko’plab a’zolarga va tizimlarga zarar yetkazadi va bunday namoyon bo’lishlarning hammasi revmatizm shakllari deb hisoblanishi mumkin.

Revmatizmning birinchi alomatlari kasallikni aniqlash imkonini bermaydi. Ular streptokokk shikastlanishli boshdan o’tkazilgan yuqori nafas yo’llarining infektsiyasidan (faringit, laringit, tonzillit) 2-3 hafta o’tib namoyon bo’ladi. Tasvir shamollashning qaytalanishi kabi ko’rinadi. O’tkir revmatizmning alomatlari tana haroratining ba’zan 40 darajaga qadar ko’tarilishi, pulsning tezlashuvi, varaja, ko’p terlash, kuchsizlik, bo’g’imlarning shishganligi va og’rishi kabi namoyon bo’ladi. Dastavval eng katta va eng faol ishlatiladigan bo’g’imlarga zarar yetadi.

Keyin yallig’lanish ko’pincha simmetrik tarzda boshqa bo’g’imlarga tarqaladi. Bo’g’imlar kuchli shishadi, qizaradi, teginib ko’rilganda issiq bo’ladi, bosilganda yoki harakatlanayotganda og’riq seziladi. Odatda yallig’lanish jarayoni bo’g’imlarning barqaror o’zgarishiga olib kelmaydi. Puls tezlashgan, aritmik, ko’krakda og’riq qayd qilinadi, yurak dilatatsiyasi (kengayishi), ba’zida perikardning ishqalanishi shovqini eshitiladi — bu yurak shikastlanishidan dalolat beradi.

Revmatizmning umumiy alomatlari:

  • Gipertermiya. Tana harorati xavfli darajalargacha (38,0-40,0 °C) ko’tariladi. Ushbu alomat qo’zg’atuvchilarga qarshi o’tkir immun reaktsiya rivojlanishi bilan bog’liq;
  • Kuchsizlik. Bemorlarning ta’rifiga ko’ra, tana «paxta» bo’liq qoladi, doimo uyqu bosadi;
  • Bosh og’rig’i. Peshonada lokalizatsiyalanadi.

Revmatizmning o’ziga xos (spetsifik) alomatlari:

  • Bo’g’imlardagi og’riq. Dastavval katta bo’g’imlar (tizza, tirsaklardagi) shikastlanadi, og’riq tortuvchi, o’tmas bo’ladi va uzoq davom etadi. Revmatizm uchun jarayonning jadal rivojlanishi, va, xuddi shundek bo’g’imlarda yallig’lanish va og’riqning tezda yo’qolishi va ularning vazifasi tiklanishi xarakterlidir;
  • To’sh ortidagi og’riq. Yurak sohasida o’tmas yoki simillovchi tabiatli og’riqlar. Usbu alomat darhol paydo bo’lmaydi, balki bir yoki bir necha kundan keyin yuzaga keladi;
  • Tomir buzilishlari. Qon tomirlarining sinuvchanligi, burun qonashi va boshqalar;
  • Annulyar toshmalar. Barcha holatlarning 4-10 foizidan kamrog’ida namoyon bo’ladi. Ular pushti toshma kabi ko’rinadi, tekis bo’lmagan qirralar bilan aylana hosil qiladi. Bemorni biron-bir tarzda bezovta qilmaydi;
  • Revmatik tugunlar. Shikastlangan bo’g’imlarda hosil bo’ladi. Ular diametri 5 mm dan 2-3 santimetrgacha bo’lgan teri osti shakllanmalari kabi namoyon bo’ladi, zich va harakatsiz, og’riqsiz. Ular juda kam uchraydi va kasallikning boshlanishidan taxminan ikki oy davomida saqlanib turadi.

Spetsifik alomatlar faqat 1-3 kundan keyin paydo bo’ladi. Ba’zan qorin bo’shlig’i a’zolarining shikastlanishi belgilari (o’ng qovurg’a ostidagi og’riqlar va boshqalar) kuzatiladi. Bu kasallikning og’ir kechayotganini ko’rsatib, darhol kasalxonaga yotqizishni talab qiladi.

Bolalarda revmatizm ancha yumshoqroq shakda yoki surunkali, maxsus alomatlarsiz kechadi. Umumiy holsizlik, pulsning tezligi va bo’g’imlarda og’riq qayd qilinadi, harakatlanganda og’riq sezilmaydi. Agar yurak shikastlanishi belgilari bo’lmasa, kasallik kamdan-kam hollarda o’lim bilan yakun topadi, ammo kardit rivojlanishi bilan kelajakda bemorlarning o’rtacha umr ko’rish darajasi sezilarli darajada qisqaradi.

Revmatizmda bemorning harakatlari

Mumkin bo’lgan asoratlarini oldini olish uchun shifokor bilan maslahatlashing. Kasallik streptokokk etiologiyali ekanligi tasdiqlansa, antibiotiklar buyuriladi. Antibiotik terapiyasini to’liq olib borishga harakat qiling.

Revmatizm tashxisi

Revmatizmni tashxislash bir qator laboratoriya va instrumental tadqiqotlarni o’z ichiga oladi, jumladan:

  • Ultratovushli tekshiruv (UTT);
  • Elektrokardiogramma (EKG);
  • Muayyan antitanalar va omillar uchun laboratoriya qon tekshiruvi.

Revmatizmni davolash

Bitsillin

Revmatizm — bu aralash immunitet-bakteriologik tabiatga ega bo’lgan patologiya. Shuning uchun revmatizmni davolash qiyin va uni batamom davolab bo’lmaydi. Kasallikning asosiy manbai streptokokk bakteriyalari bo’lganligi sababli (immun reaktsiya esa ikkilamchi va yot organizm «hujumi»ga javob hisoblanadi), davo choralarining asosiy maqsadi bakteriyalarni bartaraf etish va ularning hayot faoliyati va parchalanishi natijasida ajralib chiqqan moddalarni tezkor chiqarib tashlashga qaratilgan bo’ladi.

Ushbu kasallik qo’zg’atuvchisiga qarshi kurashish uchun bosh (va asosiy) preparat bu bitsilindir. Bitsilin penitisilin qatoridagi antibiotik bo’lib, oddiy penitisilinga qaraganda uzoqroq ta’sir qiladi.

Antibiotikli davolashning birinchi (faol) bosqichi 10 kundan 14 kungacha davom etadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bundan kam muddat maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki infektsiya saqlanib qoladi, bundan ko’proq muddat esa befoyda, chunki streptokokk antibiotikni parchalovchi moddalar ishlab chiqara boshlaydi, antibiotik esa bemorning o’ziga zarar yetkazadi.

Undan keyin ikkinchi (passiv) bosqich boshlanadi. Bitsillinni og’iz orqali ichish tugaganidan uch hafta o’tgach, xuddi shunday preparat bemorga mushak ichiga kiritiladi. Bunday davolash 5-6 yil davom ettirilishi kerak (har 3 haftada 1 ta in’yektsiya), bu retsidiv ehtimolini kamaytirish va yurakda asoratlar rivojlanishini oldini olish uchun zarur.

Aspirin

Tibbiy amaliyotda asetilsalitsil kislotasi o’zini yaxshi tavsiya etdi. Aspirin qabul qilish ko’p qarshi ko’rsatmalarga ega (homiladorlik va emizish davrida, tomirlar sinuvchanligi, ovqat hazm qilish a’zolari bilan muammolar), lekin revmatizmning bunday terapiyasi kasallikning bo’g’imli va nevrologik shakllarida sezilarni naf beradi. Aspirin og’riqni bartaraf qiladi va bo’g’imlarda yallig’lanishni kamaytiradi. Birinchi ikki hafta maksimal ruxsat etilgan dozalarda olinadi.

Terapiyaning asosiy davridan so’ng, aspirin 2 g / sutka dozasida yana 30 kun davomida qabul qilinadi.

E’tibor: Aspirin oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatini ta’sirlantiradi. Bunday nojo’ya ta’sir tez-tez kuzatiladi, ayniqsa preparatni qabul qilish bo’yicha tavsiyalar buzilgan bo’lsa. Bu eroziya, oshqozon yarasi, gastroduodenit va yarali qonashga olib keladi.

Gormonal preparatlar

Revmatizmning jiddiy kechayotgan shakllarini davolashda maksimal ruxsat etilgan dozada prednizolon qo’llaniladi.

Umumiy tavsiyalar

Agar kasallik yengil kechayotgan bo’lsa, 10 kungacha bo’lgan yarim yotoq tartibi belgilanadi. Agar kasallik jiddiy kechayotgan bo’lsa, har qanday harakat faolligini istisno qilish kerak, chunki u jarayonni yanada kuchaytiradi. Bir oygacha muddatga yotoq tartibi belgilanadi.

Davolashning samaradorligini baholash uchun laboratoriya tahlillari o’tkaziladi. Ko’rsatkichlar normal darajalarga yaqinlashganida, yotoq tartibini bekor qilish mumkin. Agar kasallik o’ta jiddiy, yurak ritmining yorqin buzilishlari, bo’g’imlardagi og’riq bilan kechayotgan bo’lsa, ikki oygacha muddatga statsionar davolanish kerak.

Revmatizmning asoratlari

Miyaning shikastlanishi. Revmatizmli yurak kasalliklari, masalan, miokardit (yurak mushaklari yallig’lanishi), endokardit (yurak ichki qoplamining yallig’lanishi) va perikardit (yurak tashqi qobig’ining yallig’lanishi) kabi asoratlar rivojlanishi mumkin. Og’ir hollarda o’lim yuz beradi.

Revmatizmni oldini olish

Bir haftadan ortiq tomoq og’rig’i bo’lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki tomoq A guruh streptokokklar tomonidan infektsiyalangan bo’lishi mumkin. Yashash joyingizda yaxshi sanitariya sharoitlarini ta’minlash va ko’p odamlar yig’ilgan joydan qochish tavsiya etiladi. Tananing tabiiy mudofaasini rag’batlantiring. Ovqat tayyorlashni boshlashdan avval qo’lingizni yaxshilab yuving, ayniqsa aksa ursangiz yoki yo’talsangiz. Shu orqali siz anginani keltirib chiqaruvchi bakteriyalar tarqalishining oldini olasiz.

Kasalliklar
asoratlanishi, davolash usullari, oldini olish, Revmatizm kasalligi: alomatlari, tashxislash