REVMATIZM HAQIDA BATAFSIL haqida to’liq ma’lumot oling
REVMATIZM HAQIDA BATAFSIL
#Revmatizm o’zi nima👇
Biriktiruvchi to’qimaning infeksion- allergik yallig’lanishi, Bolalarda 7-15 yosh atrofida rivojlanadi.
#SABABLARI👇
1.A guruhidagi gemolitik streptokokk bilan zararlanishi 2.Infeksion kasalliklar (tonzillit, otit, faringit, skarlatina)
3.Immun sistema pasayishi
4.Sovuqda qolis. uzoq vaqt
#BELGILARI👇
1.Harorat 39C gacha ortishi
2.Umumiy holsizlik
3.Tez charchash
4.Ko’p terlash
5.Bosh og’riq
6.Bo’g’imlarda og’riq, qizarish, shish, harakat cheklanishi (bo’g’im revmatizmi)
7.Yurakda og’riq, yurak tez urishi, hansirash (MNS revmatizmi) — 8.Terida och pushti rangdagi toshmalar, teri osti tugunlari bo’g’im sohalarida bo’ladi. (teri revmatizmi)
#DIAGNOSTIKA👇
1.Qon tahlili
2.Nafas yo’llaridan ekma
3.Elektrokardiografiya
4.Exokardiografiya
5.O’pka rentgenogrammasi.
#DAVOLASH👇
1.Nosteroid yallig’lanishga qarshi dorilar
2.Kortikosteroidlar
3.Antibiotiklar
4.Immunitetni yaxshilovchi dorilar
5.Bo’g’im revmatizmida og’riq qoldiruvchi malhamlar, kompresslar, ultrafiolet bilan davolash qo’llaniladi.
#ASORATLARI👇
1.Aritmiya
2.Qon aylanish buzilishi
3.Yurak yetishmovchiligi
4.Bosh miya ishemiyasi
5.Taloq, buyrak infarkti
6.Magistral tomirlar trombemboliyasi
#HAVF GURUHI👇
1.7-15 yoshdagilar
2.Ayollar
3.Burun halqum infeksiyalari bilan ko’p kasallanganlar
4.Nasliy moyillik (B guruh oqsil ortiqcha miqdori)
#PROFILAKTIKA👇
1.Infeksion kasalliklarni vaqtida davolash
2.Organizmni mustahkamlash
3.Bahor va kuz fasllarida yallig’lanishga qarshi va mikrobga qarshi vositalarni qabul qilish.
Malumotlar
REVMATIZM HAQIDA BATAFSIL