REVERBERATSIYA

REVERBERATSIYA

REVERBERATSIYA (lot. reverberatio — qaytarish) — yopiq xonada manbadan chiqayotgan yoki qaytgan tovush toʻxtagandan keyin uning birdan soʻnmay, asta-sekin soʻnishi. Reverberatsiya tufayli xonaning har bir nuqtasiga tovush bir vaqtda yetib kelmaydi. Xonaning havo egallagan hajmi juda koʻp xususiy chastotali tebranma tizimlardan iborat. Har bir tebranma tizim xususiy soʻnish koeffitsiyentiga ega (bu koeffitsiyent xonaning oʻlchamiga, shakliga va b. ga bogʻliq). Shuning uchun turli chastotali tebranishlar bir vaqtda soʻnmaydi. Berk xonada nutq va muzikaning eshitilishiga Reverberatsiya sezilarli taʼsir etadi.

Ensiklopediya.uz
REVERBERATSIYA