REShETOV Viktor Vasilyevich

REShETOV Viktor Vasilyevich

REShETOV Viktor Vasilyevich (1910.10.3 — Toshkent — 1979.3.3) — tilshunosturkiyshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), filol. fanlari d-ri (1952), prof. (1953), SSSR Pedagogika FA akad. (1959). Toshkent davlat un-ti pedagogika f-tining til va adabiyot boʻlimini tugatgan (1931). Shu untning ishchilar f-tida oʻqituvchi (1929—33), Oʻzbekiston XKS quzuridagi Fanlar komiteta Til va adabiyot in-tida, soʻngra Oʻzbekiston FA Til va adabiyoti in-tida kichik, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, direktor oʻrinbosari va direktor (1934—55), RF Taʼlim akademiyasining Milliy maktablar in-ti direktori (1960—63), Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika in-ti rektori (1963—79). Ilmiy ishlari turkiy tillar, asosan, oʻzbek tili va uning fonetikasi, grammatikasi, dialektologiyasi, oʻzbek va rus tillarini oʻqitish metodikasi va b. masalalarga bagʻishlangan. Reshetov respublika oliy va oʻrta maktablari uchun koʻplab oʻzbek tili darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratgan.

Ensiklopediya.uz
REShETOV Viktor Vasilyevich