RENTGEN APPARATI

RENTGEN APPARATI

RENTGEN APPARATIrentgen nurlarini hosil qilish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma. Rentgen apparati rentgenodiagnostika, rentgenoterapiya va rentgen analizida ishlatiladigan turlarga boʻlinadi. Rentgen apparatining muqim (rentgen kabinetlarida, lab. va b. maxsus xonalarda ishlaydigan va b.) va koʻchma (qoʻlda olib yuriladigan) xillari boʻladi. Rentgen apparati rentgen trubkasi, transformator va toʻgʻrilagichdan, Rentgen apparatini boshkarish va nazorat qilish pulti, oʻrganiladigan obyekt va rentgen trubkasi urnatiladigan shtativdan iborat. Rentgen trubkasi (rasmga q.) elektrovakuum asbob; unda rentgen nurlari hosil qilinadi. Asosiy qismlari: anod (rentgen nurlari manbai), katod (elektronlar manbai) va qobiq (kolba). Anodga yuqori kuchlanish berilganda anod sirtida tezlashgan elektronlar oqimi tufayli bombardimon sodir buladi. Xosil bulgan kinetik energiyaning bir qismi rentgen nurlariga, kup qismi issiqlik energiyasiga aylanadi. Rentgen apparati ishlayotganda xavfsizlikni taʼminlash uchun yuqori kuchlanish ostidagi qismlari muhofaza qilib qoʻyiladi, signalizatsiya tizimi buladi; R. a. ning baʼzi qismlari va apparat oʻrnatilgan xona blokirovka qilinadi, rentgen nurlaridan himoya qilish vositalaridan foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
RENTGEN APPARATI