RENTABELLIK

RENTABELLIK

RENTABELLIK (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. Rentabellik korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. Rentabellik foyda olib ishlashning kiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va b. sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun Rentabellikning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
RENTABELLIK