RELYEF
RELYEF, boʻrtma tasvir — haykaltaroshlikning bir turi. Tasvir, shakl tekis zamin (fon)dan boʻrttirib yoki oʻyib (chuqurlashtirib) hosil qilinadi. Kompozitsiya tabiiy asosdan ajralmasdan tekis sathsa yaratiladi; R. meʼmorlik boʻlaklari bezagi, haykaltaroshlik asari va b. kompozitsiya tarkibiga kirishi yoki mustaqil dastgoh asari boʻlishi mumkin. Asosiy turi — barelyef va gorelyef. Oʻyma R. da nursoya jilvasida tasvir koʻzga tashlanadi, imkoniyati cheklangan. Relyef tasviriy sanʼatda qadimdan mavjud: binolarni bezaщda, medal yasash svsh/yamda, metallga zarb berib bezak buyumlari ishlash va b. da keng qoʻllanadi. Qad. Misr meʼmorligida qoʻllanilgan. Burtma Relyef paleolit davridan maʼlum. Kda. Misr, Ossuriya, Hindiston, Xitayda, shuningdek, Oʻzbekiston hududiv keng tarqalgan; antik sanʼat, Uygonishdavri va keyingi davrlarda ayniqsa rivojlangan.
Ensiklopediya.uz
RELYEF