REKONKISTA

REKONKISTA

REKONKISTA (ispancha Reconquista, reconquistar — jang bilan qaytarib olmoq) — arablar (aniqrogʻi mavrlar) bosib olgan hududlarni Pirenei ya. o. tub aholisi tomonidan 8—15-a. larda jang bilan kaytarib olinishi. Rekonkista 718-y. dagi Kovadonga jangi bilan boshlangan. 1212-y. LasNavasdeTolosa jangi hal kiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. 13-a. oʻrtalariga kelib, arablar qoʻlida faqat Granada (Gʻarnota) amirligi (1492-y. qulagan) qolgan, xolos. Rekonkista urushdan xarob boʻlgan yerlarga aholini koʻchirish va iqtisodiy jihatdan oʻzlashtirish bilan birga qoʻshib olib borilgan. R. Pirenei ya. o. dagi davlatlarning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Ensiklopediya.uz
REKONKISTA