Rejalashtirilmagan homiladorlik
Har bir bola ham rejalashtirilgan boʻlavermaydi va bu haqiqat, uni hamma ham tan olavermaydi. Va hozirgi paytda koʻpgina kontraseptivlar mavjudligiga qaramasdan koʻpchilik ayollarda rejalashtirilmagan homiladorlik sodir boʻladi. Homiladorlikning ijobiy testiga nisbatan ayolar va ularning hamrohlari namoyish qiladigan reaksiya juda ham individual. Homiladorlik tasdiqlangandan keyin shokdan oʻz holiga kelganda koʻpchilik hursand ekanligini tushunadi va bola bilan kelajak hayotga tezda reja tuzishni boshlaydi. Baʼzilar bunday ishtiyoqni namoyish qilmaydi va bola tugʻilishi haqidagi fikrga ham yoʻl qoʻymaydi. Homiladorlik dalilini qabul qilish oʻzi bilan emotsional nuqtai nazardan katta dilemmaning biri ekanligiga hech qanday shubha yoʻq. Ayol kishi yolgʻiz boʻlganida yoki unda barqaror munosabatlar boʻlmaganida u oʻzi bilan yana bir katta muammoni ifoda etadi. Oxir oqibatda aynan ayol kishiga tanlovining oqibatlari bilan yashashga toʻgʻri keladi. Shunday boʻlgan va shunday boʻlib qolsa kerak. Ota-onalarning majburiyatlari masalasida dunyo qanchalik oʻzgarganligidan qatʼi nazar aslida aynan ayol kishi, shak shubhasiz, qoʻlida bola bilan qoladi. Aslida, sizning oilangiz va doʻstlaringiz ham emotsional jihatdan, ham amaliy jihatdan sizga koʻmak koʻrsatadi. Biroq, turli sabablarga koʻra baʼzida shunchaki buning iloji yoʻq. Diniy va maʼnaviy eʼtiqodlar ayrim odamlar sizga odil va oqilona yordam koʻrsatishga halaqit berishi mumkin. Mazkur vaziyatlarda homiladorlik toʻgʻrisidagi yangilikni ulashish baʼzida imkonsiz boʻlib qoladi. Rejalashtirilmagan homiladorlik tasdiqlangandan keyin birinchi kunlari ayol kishi goh bir qarorga, goh ikkinchi qarorga kelishi deyarli meʼyoriy holat hisoblanadi. Stress holatida va inqiroz paytida qaror qabul qilish muhim qarorlarni kechqurun yoki oʻzingizni charchagan va toliqqandek his qilganingizda qabul qilish kabi yaxshi narsaga olib kelmaydi. Bu qanchalik oddiy eshitilmasin, lekin har kuni shunchaki cheklanish va hotirjam boʻlib, vaziyatni nazorat qilish muhim. Koʻpchilik ayollar birlamchi shokdan bir necha kun mobaynida oʻziga keladi va ratsional qaror qabul qiladi. Kundalik tutishni boshlab, unga oʻz hislaringizni yozishingiz mumkin. Koʻpincha, hislarimizni qogʻozga koʻchirib biz ularni yengish usullarini topamiz. Hamma plyus va minuslarini oʻlchab koʻrish mumkin, yanada tushunarliroq boʻlishi uchun jadval tuzish mumkin. Bularning hammasini bitta oʻtirishda qilish kerak deb oʻylamang. Tong tundan koʻra donoroq, vaqt hammasini oʻz joyiga koʻyib qoʻyadi va sizga aqlli qaror qilishga yordam beradi. huggies.uzRejalashtirilmagan homiladorlik
DO`STLARGA ULASHING:
Rejalashtirilmagan homiladorlik
Bu qanday sodir bo’ldi?
Rejalashtirilmagan homiladorlik toʻgʻrisidagi yangilikka emotsional javoblarning tarqalgan turlari:
Yordam uchun qaerga murojaat qilishim mumkin?
Homiladorlik paytida qoʻllab-quvvatlashning boshqa usullari:
Rejadan tashqari homiladorlik bilan bog’liq ba’zi foydali savollar
Rejalashtirilmagan homiladorlik